OKS SIVILIZATSIYASI BO‘YICHA 2023-YILDA NASHR ETILGAN YANGI TADQIQOTLAR: 2-QISM (“ARXEOLOGIYA YEVRAZIYSKIX STEPEY” JURNALI MISOLOIDA)

  • Odiljon XAMIDOV Termiz davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD),
  • Gulmira KATTAYEVA Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi, t.f.f.d. (PhD),
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##: https://doi.org/10.69617/uzmu.v1i1.3.1.1479
"Kalit so‘zlar" : Oks sivilizatsiyasi, “Arxeologiya Yevraziyskix stepey” jurnali, Oltintepa, Nomozgohtepa, Ulug‘tepa, Markaziy Osiyo sug‘orilish tizimi.

"Maqola"

Oks sivilizatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasida bronza davrida shakllangan sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lib, xronologik jihatdan mill. avv. 2500-1350 yillar bilan davrlashtirilgan. Ushbu sivilizatsiya markazi Janubiy O‘zbekiston hududida shakllangan Sopolli, Shimoliy Afg‘onistonda tarqalgan Dashtli, Janubiy Turkmaniston hududida hukm surgan Namozgoh madaniyatlarini o‘z ichiga birlashtirgan. So‘nggi yillarda tadqiqotchilar tomonidan Oks sivilizatsiyasinining tarixi va arxeologiyasiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar dunyoning eng nufuzli jurnallarida ingliz va rus tillarida nashrdan chiqmoqda. “Arxeologiya Yevraziyskix stepey” jurnali shunday jurnallardan biri bo‘lib, jurnalda 2023-yilda bevosita Oks sivilizatsiyasi bo‘yicha 3 ta maqola chop etilgan. Ushbu maqolada “Arxeologiya Yevraziyskix stepey” jurnalida chop etilgan maqolalarning ilmiy tahlili yoritilgan.

References

ADABIYOTLAR
1. Боқиев А.А. Окс цивилизациясининг ижтимоий характери. Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация матни. – Термиз, 2021.
2. Курбонов А.М. Алтын-Депе – древнейшее культовое место в Средней Азии // Археология Евразийских cтепей, №1 2023. С. 107-110.
3. Шайдуллаева Г.Ш., Курбонов А.М. Отражение зороастризма в храмах Средней Азии эпохи бронзового века // Археология Евразийских cтепей, №4 2023. С. 294-301.
4. Шапулатов У.Х. К вопросу изучения истории ирригации на территории Средней Азии в эпоху бронзы // Археология Евразийских cтепей, №6 2023. С. 271-281.
5. Mutin B., Lamberg- Karlovsky C.C. The relationship between the Oxus Civilization and the Indo-Iranian borderlands // Lyonnet B., Dubova N.A. (Eds.). The World of the Oxus Civilization (1st ed.). – Routledge-London, 2020. P. 551-589.
6. Possehl G.L. The Middle Asian Interaction Sphere. Trade and Contact in the 3rd Millennium BC. Expedition 49(1), 2007. – P. 40-42.
7. Miroshnikov L.I. Appendix: A note on the meaning of the term Central Asia as used in this book // Dani A.H., Masson V.M. (Eds.) History of Civilization of Central Asia. The dawn of civilization: earliest times to 700 B.C. – Paris, 1992. – P. 477-480.
Nashr qilingan
2024-03-16