DEPUTATLIK BIRLASHMALARI VA PARTIYA TASHKILOTLARINING O‘ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
"Maqola"
Ushbu maqolada O‘zbekiston partiyalaridan saylangan deputatlarning o‘zaro va partiyaning tarkibiy bo‘g‘inlari bilan o‘zaro hamkorligini “vertikal” tashkil etish, deputatlik birlashmalari va partiyaning quyi bo‘g‘inlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishning me’yoriy-huquqiy asoslari, ijtimoiy va boshqa muammolarni partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal etish kabi masalalar tahlil etilgan. Zero, partiyaning barcha tuman, shahar va viloyat vakillik organlarida mavjud bo‘lgan partiya guruhlari a’zolari bilan o‘zaro hamkorlik parlament eshituvlari tashabbusi va parlament faoliyati doirasidagi boshqa tadbirlarni amalga oshirishda fraksiya tomonidan to‘plangan ma’lumotlarning maksimal darajada to‘liqligini ta’minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, fraksiya a’zolari va partiya guruhlari a’zolari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni birgalikda tashkil etish, deputatlar – partiya guruhlari a’zolarining nazorat funksiyalarini deputatlik fraksiyasi a’zolari ko‘magida birgalikda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.