BADIIY ASARLARDAGI MAKTUBLARNING G‘ARBONA VA SHARQONA IFODASI
"Maqola"
Roman janri XX asrning boshlarida o‘zbek adabiyotiga kirib keldi. Uning yorqin namunasi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani hisoblanadi. Asar bugungi kunda ham qiymatini yo‘qotgani yo‘q. Asarni hali ham o‘quvchilar sevib mutolaa qiladi. Rus adabiyotida A.S.Pushkinning romanlari ham hozirga qadar sevib o‘qiladi. Mazkur maqolada romanda qo‘llanilgan maktublar tahlil qilingan. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, “Kapitan qizi” romanlaridagi maktublar qiyosiy planda o‘rganilgan. “O‘tkan kunlar” asarida Yusufbek hojining o‘g‘li Otabekka yozgan javob maktubi va romanda turli mazmunda bitilgan 14 ta maktublar tahlil qilingan. Ushbu maktublarning “Yevgeniy Onegin” va “Kapitan qizi” romanlaridagi maktublardan farqlari hamda o‘xshash jihatlari atroflicha tadqiq etilgan. Asardan parchalar keltirilib, fikrlar dalillangan
References
Базаров О.Ч. Ўзбек адабиётида эпистоляр жанр тараққиёти. – Тошкент, 2010.
Навоий А. МАТ. Ж. 20. 14-жилд. – Тошкентя: Фан, 1998. – 123 б.
Пушкин А.С. Капитан қизи. – Тошкент: Фан, 1999.
Рогинская О. Эпистолярный роман. – Москва, 2001. – С. 56.
Урнов Д. Эпистолярное литература. Краткая летературная энциклопедия. Том 9. Сир 56. – М., 2000.
Ўзбек мумтоз адабиёти. – Тошкент: ФАН, 2001. – 34 б.
Қодирий А. Ўткан кунлар. – Тошкент, 2001.
Copyright (c) 2024 O‘zMU xabarlari
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International License.