VOHID ABDULLAYEV IJODIDA XALQ KITOBLARI TADQIQI

  • Dilfuza RAHMATOVA SamDU akademik litseyi oliy toifali o‘qituvchisi
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##: https://doi.org/10.69617/uzmu.v1i1.1.482
"Kalit so‘zlar" : Fol’klor, xalq kitoblari, doston, dialekt, baxshilar, repertuar, termalar

"Maqola"

So‘z san’atining boshi bo‘lgan fol’klor har bir davrda xalq hayotining doimiy yo‘ldoshi bo‘lib kelgan. XIX asrning ikkinchi yarmida xalq ijodining yirik markazi bo‘lgan Nurota va Bulung‘ur maktablari paydo bo‘lgan. Ushbu tadqiqotda V.Abdullayevning XVIII-XIX asrlarda o‘zbek, turkman, qoraqalpoq va qozoq xalqlari orasida og‘zaki ijodning ana shu xildagi asarlari ko‘plab yaratilgani va yozma adabiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlangan. Olimning ham adabiyotshunoslik, ham fol’klorshunoslikning mushtarak hodisasi sanaluvchi xalq kitoblari tabiatiga doir ilmiy-nazariy qarashlari o‘zbek adabiyotshunosligi tarixidagi ilk izlanishlar samarasi bo‘lib xizmat qilganligi aks ettirilgan.

References

1. B.M.Jirmunskiy.Eposning umumiynazariy problemalari va o‘zbek dostonchiligini o‘rganish to‘g‘risida. “O‘zbek tili va adabiyoti masalalari” jurnali.1959.4-son.76-bet
2. G.Vamberi .Ocherki. Sredney Azii. Moskva . 1968.str.336
3. V.Abdullayev “O‘zbek adabiyoti tarixi” 2-kitob.” O‘qituvchi”nashriyoti. 1967. 125-bet
4. V.Abdullayev.Tanlangan asarlar .Birinchi jild.”Fan” nashriyoti . -2002. 218-bet
5. V.Abdullayev.”Saylanma”.56-bet
6. Adabiyot va hayot. SamDU ilmiy asarlari. 12-bet
7. A.Navoiy. Xamsa.137-bet
8. A.Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni. 172-bet
Nashr qilingan
2024-01-26