BIR YILLIK YUMSHOQ BUG‘DOY NAV NAMUNALARINI KO‘P YILLIK BUG‘DOY NAMUNALARI BILAN DURAGAYLASHDAN OLINGAN NATIJALAR

  • Otabek GULBOEV, Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Tayanch doktoranti
  • Amir AMANOV, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti professori, q.x.f.d
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##: https://doi.org/10.69617/nuuz.v3i3.1.4910
"Kalit so‘zlar" : bir yillik, ko‘p yillik, bug‘doy, namuna, nav, seleksiya, shakllar, bichish, chatishtirish, changlantirish, duragay.

"Maqola"

Maqolada Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Baxmal ilmiy-tajriba stansiyasida bug‘doyning yangi shakllarini yaratish maqsadida olib borilgan duragaylash ishlaridan olingan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. 2023 yilda bir yillik yumshoq bug‘doy nav namunalari ko‘p yillik bug‘doy namunalari bilan 50 ta kombinatsiyada oddiy chatishtirish ishlari amalga oshirildi. Chatishtirish ishlari natijasida don olingan kombinatsiyalar soni 42 tani tashkil etdi. Chatishtirishdan olingan F0 duragaylarida yuqori don hosil bo‘lish ko‘rsatkichlarining tahlil natijalari bayon etilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. Lex.uz. 2019 yil 23 oktabr.

Abdukarimov D.T. Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi. Qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. Toshkent. 2002. 70 b.

Abdukarimov D.T. Donli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi. 5620400-“Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘chiligi va seleksiyasi” bo‘yicha bakalavr yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun darslik. Toshkent. 2010. 15-45 b.

Ostonaqulov T.E. Seleksiya va urug‘chilik asoslari. Darslik. Toshkent. 2013. 77 b.

Amanov A.A. va boshqalar. Donli ekinlar seleksiyasi va boshlang‘ich urug‘chiligi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. G‘allaorol. 2004.

Изучение мировой коллекции пшеницы. Методические указания. ВИР. Ленинград. 1984.

Лукьяненко П.П. Результаты и перспективы работа по созданию гибридной пшеницы на стерильной основе. Избранные труды. Москва, Колос. 1973. 422 с.

Мережко А.Ф., Эзрохин Л.М., Юдин А.Е. Эффективный метод опыления зерновых культур. – Ленинград: 1973. -С. 8.

Musirmanov D., Gulboev O. THE USE OF PROMISING SOURCES IN WHEAT SELECTION //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. – 2023. – Т. 14. – С. 71-73.

Shuwen Wang, In August 2013, our scientists helped the Food and Agriculture Organization of the United Nation.

Culman S. W. et al. Soil and water quality rapidly responds to the perennial grain Kernza wheatgrass //Agronomy Journal. – 2013. – Т. 105. – №. 3. – С. 735-744.

Nashr qilingan
2024-10-31