AFGʻONISTONDA OʻZBEK TILIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING BOSHLANISHI

  • Hasamuddin HAMDARD Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tayanch doktoranti.
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##: https://doi.org/10.69617/uzmu.v1i1.1.1..809
"Kalit so‘zlar" : Gazeta, Afgʻoniston oʻzbek matbuoti, oʻzbek adabiyoti.

"Maqola"

1978- yildan soʻng, rasmiy shaklda Afgʻoniston konstitutsiyasida, oʻzbek xalqining tili va adabiyoti hamda ushbu til rivoji va ravnaqi uchun rasmiyot boʻyicha ba’zi bir madaniy yutuqlar qoʻlga kela boshladi.

Ushbu yilning iyul oyidan boshlab oʻzbek tilida “Yulduz” gazetasi, chopdan chiqa boshlab, Afgʻoniston radiosi orqali oʻzbek tilida yarim soatlik vaqt ajratildi, keyin Afgʻoniston Fanlar akademiyasi hamda oʻzbek tili boʻyicha universitetlarda kafedralar ochilishi bilan taʼlim vazirligi bolalar uchun maktablarda ham oʻzbek tilida darsliklar tayyorlash uchun ba’zi bir harakatlar yoʻlga qoʻydi. Shu vaqtlarda, siyosiy-davlat sistemalari mushtarak boʻlgan Afgʻoniston va Sovet Ittifoqi hamda unga qarashli Oʻrta Osiyo mamlakatlari, jumladan Oʻzbekiston va Turkmaniston bilan madaniy aloqalar qurilib, oʻzbek ziyolilari, oliy taʼlim olish uchun ushbu oʻlkalarga joʻnatildi.

Shu davrlarda oʻzbek tilidagi “Yulduz” gazetasidan ortiq, shimoliy viloyatlarda bosimdan chiqadigan boshqa gazeta va haftaliklar, jumladan “Foryob” va “Javzijon” gazetalari orqali ham, oʻzbek tili nashriyoti uchun vaqt ajratilar edi.

References

1. Aybak koʻzgusi haftaligi, 2015, 5-son, 4-bet.
2. Aybak koʻzgusi haftaligi, 2014, 7-son.
3. Aminiy M. K. 2005 “Afgʻoniston Turkiy matbuotining qisqacha tarixi”(www.bayanifoundation.com).
4. Aminiy M. K. 2009. “Turkiy tillarning nasharot tarixchasi” www.bayanifoundation.com
5. Toshqin, A. 2013 “Yulduz jaridasining tarixchasi” www.bayanifoundation.com.
Nashr qilingan
2024-01-31