SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA IJODKOR OBRAZI TALQINI

  • Shoxista Mahmudova Alfraganus University Sharq filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##: https://doi.org/10.69617/uzmu.v1i1.1.1..786
"Kalit so‘zlar" : ijodkor, iste’dod, xarakter, portret, psixologizm, obraz, tafakkur, uslub, monolog.

"Maqola"

Mazkur ilmiy maqolada bugungi kunda ijodkor obrazining badiiy talqinida psixologizm va uning xususiyatlari muhim o‘rin tutishi borasida atroflicha fikr yuritilgan. Ijodkor ahli tafakkur, aql, kuchli ruhiy taassurot asosida hayot haqidagi xulosalarni qog‘ozga tushiradi. Shuning uchun har bir tirik asarga yozuvchining dunyoqarashi, ruhiy quvvati singib ketadi. Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tasvirlangan ijodkor obrazlarini psixologik metod asosida tahlilga tortdik va bu asarlarda ijodkor obrazi qay tarzda tasvirlanganligi, adibning portretdan foydalanish uslublari, qahramon dunyoqarashi, xarakteri va bu xarakterlarni shakllanishida ijtimoiy sharoit, ijtimoiy muhit ta’siri qay darajada ekanligini, mustaqillik davri nasrida ijodkor obrazi qanday qiyofada tasvir etilganligini kuzatdik. Hikoya qahramonlari xarakterini ochishda adib ijtimoiy muhit va ijtimoiy sharoit tasvirini beradi. Ijtimoiy muhitning ijodkor dunyoqarashiga ta’sir etishini turlicha baholaydi.

References

1. Есин А.Б. Психологизм русской классической литературы. – М., 1988.
2. Компанеэс В.В. Художественный психологизм в советской литературе (1920-е годы.) – Т., 1980. – С. 113.
3. Умуров Ҳ.И. Сайланма. Биринчи жилд. Рисолалар. – Т.: Фан, 2007. – Б. 42.
4. Қаҳҳор А. Асарлар. 6 томлик, Т. 6. – Т., 1971. – Б. 277.
5. Қуронов Д. Адабиётшуносликка кириш. – Тошкент.: Халқ мероси. 2004. – Б.70.
6. Холмирзаэв Ш.Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 2005. – Б. 351.
7. Қўшжонов М. Абдулла Қаҳҳор маҳорати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1988. – Б. 20.
8. www.zitata/ com.jorj orewel. P.8
9. Ilin Ye.P. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. – Piter, 2009. – S.35
10. Каримов Н., Мамажонов С., Назаров Б., Норматов У., Шарафиддинов О. ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1999. – Б. 66.
11. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб.: Питер, 2000.
12. Mahmudova Sh..A. Artistic psychologizm in uzbek literature of the twentieth century// Omega science. – Kirov,2019. https://os-russia.com/arh-conf
13. Mahmudova Sh. A. Ijodkor obrazining badiiy talqinida psixologizm. – Finland, 2023. – B. 544. International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers . Volume-11| Issue-11| 2023 Published: |22-11-2023| https://doi.org.-10.5281-zenodo.10116351
Nashr qilingan
2024-01-31